01/23/2022
AQSH’da uy-joy olish qadamlari, ipoteka (mortgage) va 2022 yilida nimalardi kutish haqida:
AQSH’da umumiy hisobda uydi xaridorlar ipoteka bilan olishadi. Uy-joy olish uchun birinchi qadam bank xodimi (loan officer) va yo ipoteka brokeridan (men kabi) barcha kerakli hujjatlardi ko’rsatib oldindan tasdiqlangan muayyan bir miqdorgacha xat olishingiz kerak.
Ikkinchi qadam – Maqsaddingizga olgan mahalladan realtor topish. Realtor’lar sizdi qurbingiz yeta olganicha deb oldindan tasdiqlangan xatni istashadi. Ilk konsultatsiyada sizga muhim bo’lgan kriteriyalardi tinglab ushanga nisbat uy joy qidirishadi.
Albatta ki AQSH’daki Uzbeklar nufusi ko’paygani uchun ham Uzbek Realtor mutaxassislarimiz ham ko’pdir.
Agar savollaringiz paydo bo’lsa bir nechta Uzbek Realtor’lar ruyxati:
Tim Rakhimov: Uy-joy investori, General Contractor va Realtor bo’lgan do’stimiz. Birinchi marta uy olish va investor’larning eng sevimli bo’lgan realtor’i. General Contractor ham bo’lganlari uchun 20 yil oldin uy olgan amakingizning uy-joydan tushungan tajribalariga muhtoj qolmaysiz :) Uy joy (Real estate) investorlari esa har doim uy ta’miri uchun kerakli miqdordi taxmin qilib utirishmaydi.
Nargiza Masharipova: Uzun yillardir shu sohadalar. Har turli xaridorga tajribalari foyda beradi!
Tavsiyalari va xizmatlari uchun yozgangiz ishonaman yordam beradilar.
Albat men tanimagan Realtor'lar ham
bo’lishi mumkin. Xizmatlari yaxshi bo’lgan Realtor do’stlarimiz bo’lsa, iltimos xabar bering ki ruyxatimga
qo’shay.
Realtor bilan bir’ga ko’nglingizdaki uydi topib, aniq miqdor’ga taklif berasiz. Agar sotuvchilar qabul
qilishsa… (tabrik!)
Uchinchi qadam: Ipoteka process’I boshlanadi. Uy narxlanadi, siz tanlagan title shirkati va uy joy bilan shugullangan advokatingiz uy dalolatnomalari tarixini tekshirib chiqib, sizdi otingizga o’tkazish uchun kerakli hujjatlardi tayorlaydi.. va hamma ipoteka uchun keraklik hujjatlar topshilib tasdiqlangan so’ng, bank ishchisi (underwriter) so’ralgan miqdordaki ipotekani beramiz deb ijozat beradi.
Oxiringgi qadam: Closing kuni – barcha ipoteka hujjatlariga imzo qilib, uy egaligini sizdi otingizga o’tkaziladi.
2022’dagi taxminlarim:
- O’rtalama uy narxlari katta shahrlarda 10% va maydaroq shahrlarda 15% foiz atrofida o’sadi. Sotilaydigan uy soni kam, va talab haddan ko’p. Kelajak 2-3 yil faqat uy narxlari ko’tarilish taxmini bor !
- Xaridorlar uchun ipoteka foizi ko’tariladi
- Federal Reserve fund’s rate’ining yaqinda ko’tarilib boshlagani uchun, mushtarilarga bergan foizlar ham ko’tarilib boshladi. Sabab: Fed’ning Inflyatsiyaga qarshi kurashish yo’li.
Agar shu yil uy olish fikrida bo’lsangiz, kutishni hech tavsiya qilmayman. 2022 yilining ilk uch choryakida ipoteka foizlari ko’tariladi, va uy narxlari ko’tariladi. Kutish faqat zararingizga ishlaydi.
Tushunaman ki har kishining ishi va oyliki AQSH sistemisga ko’ra noyobdir. Agar ipoteka uchun savollaringiz bo’lsa marhamat qilib yozing yoki tel qiling. 646.597.1409
Bor bo’ling!